2023-yilning fevral oyining boshida tuman Xalq ta’limi bo’limi va tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda maktablarda o’quvchi yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirish va o’quvchi yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida qo’shma ish-reja tasdiqlangan edi.
Ushbu ish-rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun 06-fevral kuni, Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 2-sonli umumta’lim maktabining kitobxon yoshlari ishtirokida uchrashuv tashkillashtirildi. Unga, 2-sonli umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari J. Shaxabaeva va tuman Axborot-kutubxona markazining, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati rahbari M.Kadirov ishtirok etib, M.Kadirov tomonidan, Qoraqalpoq folklori va “Qirq qiz” dostoni bo’yicha o’quvchilarga tushunchalar berildi. Bunda, Folklor so’zining ma’nosi, undagi “xalq og’zaki ijodi”, dostonlarning turlari to’g’risidagi ma’lumotlar aytib o’tildi.
Shuning bilan birga, folklorning 9-13-tomlaridagi “Qirq qiz” dostoni bo’yicha aytib, dostondagi salbiy va ijobiy qahramonlar, dostonda aytilgan voqealar Turkistonning Sarkob degan shahrida bo’lib o’tganligi ushbu elning Allayor degan boyning to’rtta o’g’il farzandi va bitta qizi bo’lganligi, bu qizining ismi Guloyim ekanligi, u qirq qizni olib, Mevali degan erda harbiy mashg’ulotlar o’rganishi, Guloyim va u boshqargan “qirq qiz” bilan Arslon Surtaysha va Nadirshaning ustidan g’alaba qazonishi, Turkiston va Xorezmda yashovchi xalqlarning yaxshi yashashi uchun harakat qilganligi to’g’risida ma’lumotlar aytib o’tildi. Undan so’ng, maktab o’quvchilari o’zlari sevib o’qiydigan yozuvchi va shoirlarning kitoblari to’g’risida ma’lumotlar berib, o’zlari yod olgan she’rlaridan aytib berdi. Uchrashuv so’ngida, J.Shaxabaeva tomonidan maktabda ba’diy kitob o’qiydigan va she’rlar yozadigan yoshlarning ko’p ekanligi, yoshlarning bo’sh vaqtlarin mazmunli o’tkazish maqsadida har-hil to’garaklar o’z faoliyatini olib borilayotganligi, kelgusida yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida har-hil tadbirlar va tanlovlar o’tkazilishi rejalashtirilayotganligini ta’kidlab o’tdi.




2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы