Joriy yilning 6-fevral kuni, Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda tuman Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova tomonidan 2-sonli umumta’lim maktabining 1-4 boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ertaklar haqida ma’lumot berildi shuning bilan birga «Qaraqalpaq xalıq ertekleri» kitobidan ertak aytib va shu ertakning mazmuni bo’yicha bolalar bilan suhbatlashildi.
Suhbat boshida o’quvchilarga kutubxona haqida, kutubxonaning manzili, a’zo bo’lish tartibi, har-hil kitoblarning mavjudligi haqida aytib o’tildi. Undan so’ng, o’quvchilar uchun ertaklar haqida, ertaklarning barchasida yomonlik ustidan yahshilikning, qo’rquv ustidan botirlikning engib chiqishi, ertak davomi bo’lsa yahshilik, go’zallik bilan yakunlanishi, ertaklarda salbiy va ijobiy qahramonlarning aks ettirilgani, ertaklar mazmuniga qarab 3 turga bo’linishi birinchisi- hayoliy-fantastik ertaklar bunda, hayotimizda uchramaydigan voqealarga asoslangan ertaklarga aytilishi, ikkinchisi – turmushga oid ya’niy hayotiy ertaklar, hayotimizda uchraydigan voqealarga asoslangan ertaklar va uchinchisi hayvonlar haqida ertaklar bo’lib, ertaklarda hayvonlarham ishtirok etishi aytildi.
Keyingi navbatda kutubxonamizning bolalar adabiyotidan o’rin olgan «Qaraqalpaq xalıq ertekleri» kitobidan «Qırıq qulaq», «Mójenetas», «Aqıllı bala» ertaklari aytib berildi va shu ertaklarning mazmuni bo’yicha suhbatlashildi.
Suhbat davomida bolalar o’zlarining o’qigan va eshitgan ertaklari haqida aytib berdi. Shuning bilan birga maktab kutubxonachisi K.Ibragimova va 1-sinf rahbari G.Aymurzaeva, 4-sinf rahbari D.Xojakovalar o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы