Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Kitobxon yoshlarga, bolalar yozuvchisi Sunnetulla Anarbaevning «Tórkózdiń basınan keshirgenleri» kitobi bo’yicha kitob taqdimoti o’tkazildi.

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Xalq ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda tuzilgan ko’shma ish-rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 1-sonli umumta’lim maktabida 2023-yilning 3-fevral kuni o’quvchi yoshlarni kitob o’kishga qiziqtirish maqsadida tuman kutubxonasining abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan bolalar yozuvchisi S.Anarbaevning «Tórkózdiń basınan keshirgenleri» kitobi bo’yicha kitob taqdimoti o’tkazildi.

Taqdimotga, ushbu maktabning kutubxonachisi  Y.Abdisadikova va kitobxon yoshlar ishtirok etdi. B.Yusupova yozuvchining hayoti va ijodi, uning asarlari, kitoblari  to’g’risida ma’lumotlar berdi. Shuning bilan birga, kitob maktab o’quvchilariga uchun nashr etilganligi, kitobda asosan, qissa, hikoyalar va  ertaklar iborat ekanligi aytib o’tildi. Kitobda, insonlar uchun yordamchi sifatida qaraladigan uy hayvonlarining biri it to’g’risida so’z etilishi, bunda, To’rtko’z ismi bilan nom qazongan ushbu iyt cho’ponlarning charvo-mollarini ko’kjal laqabli qasqirlardan himoya etishi, To’rtko’z laqabli iytni Qarabay degan  bola saqlab olishi, itning onasi Alapar deb atalishi, kitobning birinchi bo’limida Qarabay va uning itlari To’rtko’z laqabli iyt, Alapar, Ko’pak to’g’risida so’z etilishi aytib o’tildi. Shuning bilan birga, kitobda qiziqarli ertaklar ham yozilgan bo’lib, ushbu ertaklar to’g’risida ham keng turda ma’lumotlar aytib o’tildi.