Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“14- fevral Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi”ga bagꞌishlab savol-javob o’tkazildi.

Joriy yilning 13-fevral kuni, Axborot –kutubxona markazi va Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda  3-sonli umumta’lim maktabida Abonoment va foydalanuvchilarga  xizmat koꞌrsatish boꞌlimi mutaxassisi B.Yusupova tomonidan 14-fevral “ Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi”ga bagꞌishlab savol-javob oꞌtkazdi. Savol-javobni boshlashdan avval, B.Yusupova  Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi  keyin bo’lsa, eng katta asari “Boburnoma” haqida aytib o’tdi. B.Yusupova tomonidan Zahriddin Muhammad Bobur 1483-yili 14-fevralda  Andijonda Umar Shayx xonadonida dunyoga kelganligi, u otasidan yoshligida yetim qolganligi, 12 yoshida taxtga oꞌtirganligi, u Hindistonda  boburiylar sulolasiga asos solib, o’sha mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boꞌlsa, oꞌzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixshunos olimlari qatoridan joy olganligi haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Shuningdek berilgan ma’lumotlarga qo’shimcha ravishda maktab kutubxonachisi,  A.Aymaxanova  ham oꞌz fikrlarini ya’niy Zahriddin Muhammad Bobur haqida ma’lumotlar aytib oꞌtdi. Undan so’ng, o’quvchilar uchun savol-javob berilib, o’quvchilar berilgan savollarga javob berib, faol qatnashdi.