Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz» loyixasi amalga oshrildi.

2023-yil 14-fevral kuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi «O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risida»gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda 2022-2026 – yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad:  Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni  keng  ommalashtirish hamda «Kitobsevar millat» umummilliy g’oyasini ro’yobga chiqarishning  264-265-bandlari  bo’yicha chora-tadbirlar rejasi asosida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati J.Kadirbaeva va D.Utemuratovalar  tomonidan joriy yilning 14-fevral  kuni  «Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz» loyihasi doirasida markaz fondida mavjud adabiyotlardan R.Kiyosakining «Boy ota, kambag’al ota o’smirlar uchun», «Eng katta boyligingiz», X.K.Tongarning «Baqirmaydigan bolalar», M.K.Guptaning «Baxtli bo’lish sirlari», D.Karnegining «O’z-o’ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so’zlash san’ati» nomli kitoblar  targ’ib qilinib, yaqindan tanishtirildi va kutubxonaga tashrif buyurishlarini taklif qildi.