Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Jamiyatda – kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 14-fevral  kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida qo’shma ish-rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida Taxiatosh  tumani  8-sonli umumta’lim maktabida “Jamiyatda – kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish”  mavzusida davra suhbati tashkil etildi.  Davra suhbatiga Axborot-kutubxona markazi va maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Z.Yarlikova, kutubxonachi M.Allayarova va  8a-8b-sinf o’quvchilari qatnashdi. Davra suhbatida Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati rahbari J.Kadirbaeva kitob va kitobxonlik haqida o’quvchilarga ma’lumotlar aytib o’tdi. Shuning bilan birga, ota-bobolarimiz «Kuch bilimda, bilim kitobda», «Kitob- ajoyib do’st» deb bekorga aytmaganligi, kitob — insonning eng yaqin do’sti va maslahatchisi, aql qayrog’i va bilim manbai ekanligini, kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo’lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo’tabar va muqaddas deb hisoblagani shuning uchun, kitobga bo’lgan muhabbat, uni qadrlash, o’qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgani, insonning madaniyati uning kitobida aks etadiganligi haqida aytib o’tdi.

Davra suhbati davomida o’quvchilar bilan o’zlari o’qigan kitoblaridan fikr almashib, Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkillashtirilgan kitob ko’rgazmadagi kitoblar bilan tanishtirildi.