Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida qo’shma ish-rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16-fevral kuni tumanimizdagi 9-sonli umumta’lim maktabida so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur ijodidan tashkil topgan “Bahru-bayt” tanlovi o’tkazildi.
O’zbek adabiyoti va madaniyati eng avvalo Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Bobur singari ulug’ siymolar timsolida gavdalanadi. Ajdodlarimizning o’lmas ijodlari asrlar oshib kitobxon yoshlar qalbini zabt etib kelmoqda. Shu sababli bu ikki buyuk ajdodlarimizning bizga qoldirib ketgan katta ma’naviy merosini va ko’p jihatdan mutafakkirning ma’rifiy g’oyalarini o’rganish, yoshlarning mumtoz adabiyotimizga qiziqishni oshirish maqsadida XTBga qarashli 9-sonli maktabning 8,9,10,11- sinflarining o’quvchilari ishtirokida “Bahru-bayt” tanlovi bo’lib o’tdi.
Bunda o’quvchilar Navoiy va Bobur qalamiga mansub g’azal va ruboiylardan maxsus qoida bilan navbatma-navbat bayt aytib bellashdilar.
Bellashuvda: 1-o’rinni 8g-sinf o’quvchisi Matnazarova Nilufar,
2-o’rinni 8g-sinf o’quvchisi Yo’ldoshev Bunyodbek,
3-o’rinni 8a-sinf o’quvchisi Eralieva Nilufar egalladilar.
Bellashuv so’ngida tuman Axborot – kutubxona markazi tomonidan bellashuvda g’olib bo’lgan o’quvchilar “Fahriy yorliq” bilan taqdirlandilar.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы