2023-yilning 20-fevral kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 10-sonli umumta’lim maktabi bilan birgalikda o’quvchi yoshlar ishtirokida “Zakovat” intellektual o’yini tashkillashtirildi. Bunga, tuman kutubxona markazining, Axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati rahbari M.Kadirov va mutaxassisi A.Vaysova, maktab kutubxonachisi Sh.Raxmanova, maktab targ’ibotchisi M.Mamutov va maktabning 7,9,10-sinf o’quvchilari ishtirok etdi. “Zakovat” uchta jamoadan tashkil topib, “Zukkolar”, “21 asr Yoshlari”, “Adrenalin” jamolari o’z –aro bellashdi. Kutubxona tamonidan “Zakovat” intellektual o’yinin tashkillashtirishdan maqsad, iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, yoshlarning fikrlash, talqin qilish, izlanish, intilish va kitob o’qish, o’qilgan kitoblarin hayotda ma’lum darajada qo’llana olinishin o’rgatishdan iborat.
Maktabda, iqtidorli yoshlardan tuzilgan 3 ta jamoaga jami 20 ta savollar tuzilib, berilgan savollarga barcha ishtirokchilar faol ishtirok etib, 1-o’rinni “21 asr Yoshlari” jamoasi, 2-o’rinni “Zokkolar” jamoasi, 3-o’rinni “Adrenalin” jamoalari belgilangan o’rinlarni egallab g’olib deb topildi.



2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы