Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Jahon bolalar adabiyoti yozuvchilarining ertaklaridan iborat «Ertekler» kitobi bo’yicha bolalar bilan suhbatlashildi.

Joriy yilning 20-fevral kuni, Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda tuman Axborot-kutubxona markazining  Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova tomonidan 10-sonli umumta’lim maktabining 2-sinf o’quvchilari uchun kutubxonamizdan o’rin olgan jahon bolalar adabiyoti yozuvchilarining ertaklaridan iborat «Ertekler» kitobi bo’yicha bolalar bilan suhbatlashildi.

Suxbat boshida A.Vaysova tomonidan, ertak deganda yahshilik, insoniylik tuyg’ular, martlik va jasorat, insonning ko’z oldiga ertak qaxramonlarning gavdalanishi haqida shuning bilan birga, jahon bolalar adabiyoti yozuvchilarining ertaklaridan iborat «Ertekler» kitobi qoraqalpoq tiliga tarjima qilinganligi, har-hil ertaklardan iborat bo’lib, kitobxonlar uchun ma’qul kelishi haqida aytib o’tdi.

O’quvchilar uchun ushbu kitobdan o’rin olgan «Koroldiń jańa lipası», «Eki júzlilik», «Juldız bala»  ertaklari aytilib, so’ngra aytilgan ertaklar bo’yicha  bolalar bilan birgalikda ertakdagi voqealar, ertakning bo’lsa yaxshilik bilan yakunlanishi haqida suhbatlashildi.