Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Abu Rayxon Beruniy asarlarining yaratilish tarixi” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

2023-yilning 17-fevral kuni, tuman Axborot-kutubxona markazi va Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 9-sonli umumta’lim maktabining madaniy va ma’rifiy ishlar bo’yicha targ’ibotchi M.Qaypnazarova va maktab o’quvchilari ishtirokida  “Abu Rayxon Beruniy asarlarining yaratilish tarixi” mavzusida  davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatda abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi D.Xalbaeva Abu rayhon Beruniyning hayoti va asarlarining yaratilish tarixi haqida kitobxon o’quvchilarga  gapirib berdi.

Bunda, qomusiy olim  Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy  973 yil 4 sentyabr kuni Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahrida dunyoga kelganligi,  uning nasl-nasabida “berun” so’zi “tashqi shahar”, “Beruniy” esa “tashqi shaharda yashovchi kishi” ma’nosini bildirishi,  Beruniyning ilm-fanga qiziqishi yoshligidanoq kuchli bo’lganligi,  mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo’lida ta’lim olganligi, Ibn Iroq falakiyot va riyozotga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag’ishlaganligi, Beruniy ham ustozining ismini hamma vaqt zo’r hurmat bilan tilga olganligi,  Al Beruniy — Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko’plab fanlarda oid qomusiy asarlar muallifi ekanligi, Beruniy O’rta Sharqda ilk bora Er Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Erning aylana o’lchamini aniqlaganligi, Beruniyni chinakam o’rta asrlar Sharqining ilm-fan qomusiy olimi desak mubolag’a bo’lmasligi, Amerikalik tarixchi Dj.Sarton buyuk olim haqida: “Astronomiya va matematika, astrologiya va jo’g’rofiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo’lardi” deganligi, “Qadimiy xalqlar xronologiyasi” nomli ilk asarida  Beruniy o’sha davrlarda ma’lum bo’lgan barcha xalqlarga tegishli solnoma tizimlarini ta’riflab chiqqanligi, u tomonidan qilingan astronomik tadqiqotlar va boshqa ilmiy ishlar “Astronomiyaning asosiy boshlanish sharhlari kitobi”da yozilganligi, u hayotini faqat ilmga bag’ishlaganligi, qarilik chog’ida ko’z nuridan ayrilganligi, lekin hayotining so’nggi daqiqalarigacha hayot “mexanizmi” tetik ruhdadir  deb, Beruniy 1048-yil G’azna shahrida vafot etganligi, u o’z hayotini faqat ilmu – fanga bag’ishlaganligi haqida, aytib berdi. Suhbat so’ngida kitobxon o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.