Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Temur tuzuklari» kitobidan suhbat tashkillashtirildi.

Joriy yilning 22-fevral  kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Xalq ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda tuzilgan qo’shma ish-rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 12-sonli maktab kutubxonasida Axborot – kutubxona markazi  Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan maktabning 9-10-11 sinf o’quvchilari uchun Sohibqiron bobomiz Amir Temurning hayoti va o’mri maboynida olib borgan ishlarini chuqurroq o’rganish maqsadida «Temur tuzuklari» kitobidan suhbat tashkillashtirildi.

Suhbatda maktabning Ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari B.Illiev, maktab kutubxonachisi Q.Geldievlar qatnashdi.

Keyingi so’z navbati D.Utemuratovaga berilib, u o’z so’zida «Temur tuzuklari» kitobidan  Amir Temurning tavallud topgan yili, hayoti, Amir Temur haqida chet el yozuvchi va adiblarining yozgan ma’lumotlari, Amir Temur davrida mamlakatta olib borilgan ishlar to’g’risida  ma’lumotlar berilib va suhbat so’ngida o’quvchilarning ma’lumotlardan olgan bilimin aniqlash maqsadida Amir Temurning hayotiga oid savol-javob o’tkazildi.

Savol-javobga qiziqarli bo’lib, o’quvchilar faol qatnashdi.