Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Aka-uka Grimm ertaklari kitobidan «Uch ip egiruvchi» ertagi bo’yicha davra suhbati tashkillashtirildi

Joriy yilning 22-fevral kuni, Taxiatosh tumani  Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari J.Kadirbaeva tomonidan o’quvchi yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida 12-sonli maktab kutubxonasida davra suhbati tashkillashtirildi. Davra suhbatiga maktabning Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosori B.Illiev va foal kitobxon o’quvchilari qatnashdi.

Davra suxbatida J.Kadirbaeva tomonidan kutubxona haqida ma’lumotlar berildi va kitobxon o’quvchilar bilan suxbat qilinib, suxbatda kitob mutolasi insonda chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega ekanligi aytilib, kitobxon o’quvchilarning qiziqishlari va qaysi ertak qahramonlarini yoqtirishlari haqida suhbatlashildi. Shuning bilan birga J.Kadirbaeva tomonidan Aka-uka Grimm ertaklari kitobidan «Uch ip egiruvchi» ertagi aytib berildi va o’quvchilarning ertak haqida  fikrlari tinglandi.