Joriy yilning 22-fevral kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi, Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova va 11-sonli maktab kutubxonachisi bilan birgalikda maktab kutubxonasida Chex xalq ertaklaridan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatiga maktabning kutubxonachisi A.Baylieva va 4-sinf o’quvchilari qatnashdi. Davra suhbatida A.To’reniyazova o’z so’zida ota-bobolarimiz «Kuch bilimda, bilim kitobda», «Kitob- ajoyib do’st» deb bekorga aytmaganligi, kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo’lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo’tabar va muqaddas deb hisoblagani, shuning uchun kitobga bo’lgan muhabbat, uni qadrlash, o’qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketganligi, insonning madaniyati uning kitobida aks etadiganligi haqida aytib, so’ngra kutubxonamizdan o’rin olgan «Aql va baxt» kitobidan ertaklar aytib o’tdi. Davra suhbati davomida o’quvchilarimiz bilan ushbu kitobdan aytilgan ertaklar haqida fikr almashildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы