Joriy yilning 24-fevral kuni, Axborot-kutubxona markazi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining beshta ustuvor tashabbusi boʻyicha toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida Taxiatosh tumani kasb-hunar maktabi oʻquvchilari oʻrtasida “Men sevgan asar” mavzusida bellashuv bo’lib o’tdi.

Bellashuvni kasb-hunar maktabi yoshlar bilan ishlashish bo’yicha direktor o’rinbosari M.Jandullaeva ochib berdi. Bellashuvda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi mutaxassisi G.Reyimova, kasb-hunar maktabi kutubxonachisi M.Babajanova va Axborot – kutubxona markazi mutaxassislari D.Xalbaeva, A.Vaysovalar hakamlik qilib baholab bordilar.
Bellashuv uchta shartdan iborat bo’lib, birinchi tanishuv shartida ishtirokchi qizlar o’zlari ta’lim olayotgan o’quv dargohining hayoti, orzu-maqsadlarini yoritib berishdi. Ikkinchi shart “Men sevgan asar” mavzusida ishtirokchi qizlar bir hafta mobaynida o’qib, tayyorlangan kitobi, o’zbek adibi Abdulxamid Sulaymon o’g’li Cho’lponning “Kecha va kunduz” romani bo’yicha Axborot – kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuzilgan savollarga o’zlarining chiroyli nutqi, ma’naviy dunyoqarashi va zukkoligi bilan javob berdi. Uchinchi erkin mavzu sharti esa qiziqarli chiqishlarga boy o’tdi.

Sahnada To’maris, Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiyaxonim singari milliy tariximiz va adabiyotimiz namoyandalari yuksak mahorat bilan gavdalantirildi. O’zbek va qoraqolpoq adiblarining eng sara asarlaridan ijro etilgan parchalar, mumtoz g’azal va kuylar yoshlarni adabiyotning sehrli olamiga oshno etdi. Bellashuv natijasiga ko’ra: 1-o’rinni Saburova Sayyora, 2-o’rinni Davletbaeva Dilfuza, 3-o’rinni Onaybaeva Manshuk, 3-o’rinni Qadirbergenova Munisa egalladi.
Bellashuv so’ngida g’olib bo’lgan o’quvchilar “Fahriy yorliq” bilan taqdirlandilar.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы