Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Kutubxonamizdan o’rin olgan «Altın kese» kitobi bo’yicha suhbat o’tkazildi.

Joriy yilning 24-fevral  kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Xalq ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda tuzilgan qo’shma ish-rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 6-sonli maktab kutubxonasida Axborot – kutubxona markazi  Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova tomonidan maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun kutubxonamizdan o’rin olgan «Altın kese» kitobi bo’yicha suhbat o’tkazildi.

Suxbatda A.Vaysova tomonidan tug’ishgan xalqlar adabiyoti ertaklaridan iborat bo’lgan «Altın kese» kitobi haqida ya’niy,  ushbu to’plamda, Buryat, Rus, Belorus, Latısh, Eston, Kareliya, Moldavan, Qumıq, Gruzin va boshqada ko’p xalqlarning ertaklari o’rin olganligi, shuning bilan birga, ertaklar ham xalq og’zaki adabiyotining belgili bir turi hisoblanishi, ertak o’qigan kitobxon, ertak qahramonlariga o’xshab botir, kuchli, barchaga yordam ko’lini cho’zadigan aqilli inson bo’lishni armon qiladiganligi, shu bois o’zlariga tarbiyaviy, odob-ahloq tarafdan tushunchalar olishi, ertaklardagi bosh qahramonlarning to’g’ri so’zliligi, mehnat sevarligi, topqirligi, halolligi bolalarimizni to’g’ri yo’lga boshlashi haqida tushuntirib o’tdi. Shuning bilan birga «Altın kese», «Danıshpan qız» ertaklari aytilib, o’quvchilar bilan birgalikda ushbu ertakdagi voqealar haqida suhbatlashildi.