2023-yilning 25-fevral kuni, tuman Axborot-kutubxona markazi va tuman Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 6-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda qoraqalpoq folkloridan “Oltin meros” mavzusida “Edige” dastoni bo’yicha taqdimot o’tkazildi.
Taqdimotni, tuman axborot-kutubxona markazining, Axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati rahbari M.Kadirov tomonidan, o’quvchi yoshlarga Qoraqalpoq folklori bo’yicha tushunchalar berildi va folklordagi “Edige” dastoni bo’yicha aytib berildi. Bunda, Edige tarixiy shaxs ekanligi, Amir Temurning lashkarboshilarining biri bo’lganligi, shuning bilan birga dastondagi ijobiy va salbiy qahramonlar to’g’risida ham aytib o’tildi.
Shuning bilan birga, o’quvchilar tomonidan ham ushbu “Edige” dastoni bo’yicha o’zlarining o’qigan erlaridan aytib berib, suhbatlashildi. Taqdimot so’ngida o’quvchilar bilan birgalikda savol-javob o’tkazilib, taqdimot mazmunli va qiziqarli tarzda tashkillashtirildi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы