8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami kuniga bag’ishlab, 2023-yil 7-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida «Ayol bilan olam go’zal» mavzusida uchrashuv kecha tashkil etildi.
Kechaga ko’p yillik tajribaga ega, kutubxona sohasida ishlagan nuroniy onamiz P.Tulepova, faol kitobxonlar va markazimiz xodimlari qatnashdi. Kecha mehmoni P.Tulepova o‘z umr yo’llaridan so‘zlab berdi va ayolga ehtirom, onalik baxti, mehr- sadoqat tuyg‘ulari aziz onalarimiz va opa-singillarimizni tark etmasligi, chiroyli tabrik dil so‘zlari bilan tadbir ishtirokchilarini yasharish va yangilanish, go‘zallik fasli bilan chin qalbdan tabrikladi. Suhbat davomida kitobxon yoshlarimiz o’zlarini qiziqtirgan savollarini berib, javoblar oldi.



2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы