Joriy yilning 16-mart kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Taxiatosh tumani 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida «Har kuning Navro’z bo’lsin, jonajon O’zbekistonim» shiori ostida 2023-yilgi Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi. Ko’rgazmada Axborot-kutubxona markazining o’zbek, qoraqalpoq, qozoq, rus va jahon adabiyoti yozuvchi va shoirlarining kitoblari o’rin olgan. Shuning bilan birga kitobxonlarni o’ziga jalb etish maqsadida kitoblar yordamida ajoyib bezakdagi ko’rinishlar yaratilgan.
Ko’rgazmaga tashrif buyirgan tuman Xalq ta’limi bo’limiga qarashli maktab kutubxonachilari, o’quvchilari, 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o’qituvchi va o’quvchilari ko’rgazmadagi kitoblar bilan tanishib, kutubxonaga a’zo bo’lishlari haqida aytib o’tdi.




2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы