Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Ichki Ishlar bo’limida “Yangi adabiyotlar” kitoblar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi tomonidan tuman Ichki Ishlar bo’limida “Yangi adabiyotlar” kitoblar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.
Jahon madaniyatiga munosib hissa qo’shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Xususan, ichki ishlar organlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasidagi ishlar vazirlik rahbariyatining doimiy e’tiborida bo’lib kelayotganligi sababli, joriy yilning 26-iyul kuni Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi tomonidan tuman Ichki Ishlar bo’limida “Yangi adabiyotlar” kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.
Bunda IIB boshlig’i o’rinbosari F.Omonov osoyishtalik posbonlarining kasbiy malakasini, huquqiy bilimlarini oshirish, ularning ma’naviy – tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish kabi vazifalarni bajarishda kitob eng yaqin ko’makchi ekanligini ta’kidlab o’tdi.
Shuning bilan birga TAKM abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.Toreniyazova kutubxonadagi yangi adabiyotlar haqida ma’lumotlar berib o’tdi.
Ko’rgazma so’ngida IIB xizmatchilari kutubxona xodimlariga o’z minnatdorchiligini bildirib, ko’proq kitob ko’rgazmalirini, kitob taqdimotlarini va zakovat intellektual o’yinlarini tashkillashtirishimizni iltimos qildilar.