Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag’ishlab «Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun» shiori ostida o’tkaziladigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ushbu reja asosida joriy yilning 23-avgust kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida «Mustaqillik – eng ulug’ ne’mat» mavzusida kitobxonlar ishtirokida savol-javob o’yini tashkillashtirildi. Savollar asosan kutubxonamizdagi baddiy adabiyotlardan iborat bo’lib, kutubxonlarimizning eng ko’p o’qigan sevimli kitoblaridan parchalar, shuning bilan birga mustaqilligimizga bag’ishlangan ya’ni, O’zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari haqidagi savollardan tashkil topgan. Savollar Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan o’qib eshittirildi. Shuning bilan birga D.Utemuratova ishtirokchilarni Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami bilan tabriklab, Vatanimizning gullab yashnashi, tinch va osoyishta bo’lishi haqidagi tilaklarni bildirib o’tdi.
Kitobxonlar savollarga javob berishda faol ishtirok etishdi.



2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы