Hamid Olimjon
(1909-1944)
O’zbek halqining ardoqli farzandi – dilbar shoir, talantli dramaturg, yirik olim va tanqidchi Hamid Olimjon o’zidan o’lmas meros qoldirgan. U o’zbek she’riyatida jo’shqin lirizimga asoslangan she’riyat maktabi yaratgan shoir. Iste’dodli shoyir, dramaturg, tarjimon adabiyotshunos va folklorshunos olim, davlat va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang’ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923-1926) O’zbek Pedakademiyasida (1926-1931) o’qidi. Hamid Olimjon talabalik yillardayok she’r yozdi. Uning asarlari 1926 yildan «Zarafshon» gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro’znoma muharririyatiga ishga o’tdi. Hamid Olimjonning «Ko’klam» nomli ilk she’riy to’plami 1929 yilda bosilib chiqti. Shundan so’ng «Olov sochlar» (1931), «O’lim yovga» (1932), «Poyga» (1932) kabi she’riy to’plamlari nashr etildi. O’zbekiston Fanlar akademiyasining muhbir a’zosi (1943) Hamid Olimjon o’zbek adabiyotining dolzarb masalalari bo’yicha qator ilmiy – tanqidiy asarlar yaratdi. U A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, M.Gorkiy, V.Mayakovskiy, A.Serafimovich, T.Shevchenko, M.Lermontov, N.Ostrovskiy, A.Korneychuk asarlarga tarjima qildi va ular haqida maqolalar yozdi. O’zbek halq og’izaki ijodining ajoyib durdona asari «Alpomish» dostoni birinchi marta Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlanib, so’z boshi bilan (1938) chop etildi. U Alisher Navoyining 500 yilligini o’tkazish yubeleyi komitetining a’zosi sifatida ulug’ shoir hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy – tadqiqot ishlarini olib bordi. Hamid Olimjon 1939 yildan to 1944 yilda avtomabil halokatiga uchrab dunyodan ko’z yumganiga qadar O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga rahbarlik qildi. Hamid Olimjon o’zining «Daryo kechasi» (1936), «Chirchiq sohillarida» (1937), «O’lka» (1939), «Baxt » (1940) to’plamlari , «Ikki qizning hikoyasi » (1935-1937), «Oygul bilan Baxtiyor»(1937), «Zaynab va Omon» (1938), «Semurg’» (1939) dostonlari bilan novator shoir sifatida davrining ilg’or g’oyalarini tarannum etdi. Ikkinchi jahon urishining olovli yillarida uning «Muqanna» nomli sheriy dramasi yaratildiki, u hanuzgacha dramaturgiyamizning gultoji bo’lib kelayotir. Iste’dodli shoir Hamid Olimjonning ko’pchilik asarlari qardosh halqlar va xorijiy halqlar tillariga tarjima qilingan.
SНODLIK VA MUHABBAT KUYCНISI
(Hamid Olimjon hayoti va ijodi haqida ma’lumot. )
O’zbek lirikasi taraqqiyotiga ulkan xissa qo’shgan shoirlar orasida Hamid Olimjon ijodi alohida ajralib turadi. Hamid Olimjon faqat lirik shoirgina bo’libgina qolmay , «Oygul va Baxtiyor», «Semurg’», «Zaynab va Omon», «Roksananing ko’z yoshlari» singari dostonlari , «Muqanna» sheriy tragediyasi bilan ham mashhur. U ayni paytda tarjimon va adabiyotshunos olim ham bo’lgan. Hamid Olimjon 1909- yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug’ildi.To’rt yoshida otasi vafot etgach, bobosi qo’lida tarbiyalandi. Azim bobo xatli-savodli kishilardan bo’lib, mashhur bahshi Fozil Yo’ldosh o’g’li Jizzaxlik do’st –yorlari huzuriga mehmon bo’lib kelganida uning uyiga ham tushar va shunday kunlarda Abdulhamid bobosi pinjida o’tirib, baxshining do’mbira jo’rligida aytgan doston va termalarini butun vujudi quloq bo’lib tinglar edi. Bo’lajak shoirning onasi Kamila aya esa xalq ertaklarining «koni» bo’lib, Abdulhamid adabiyotga bo’lgan havasi shu ikki manbaning ta’sirida oshgan. Bo’lajak shoirning shakllanishida yana bir muhim omil bor. Bu 1916-yil Jizzax qo’zg’alonidir. Jizzax shahrining to’pga tutilishi Abduhamid yashagan qo’zg’alonning er bilan yakson etilishi, boshqa Jizzaxliklar qatori , ular oilasining ham chol-u biyobonga haydalishi uning murg’ak ongida iz qoldirmay qo’ymadi. U bolalik kezlaridayoq dunyoda sharqirab oqqon soy-u beg’ubor osmondan boshqa zulm va zo’ravonlik ham borligini ko’rib, sezib o’sdi. Abdulhamid 1918-1923-yillarda Jizzaxda ochilgan to’liqsiz o’rta maktabda, 1923-1928- yillarda Samarqanddagi o’zbek bilim yurtida, 1931 yillarda O’zbekiston pedagogika akademiyasida o’qib, oliy ma’lumotli bo’ldi. U dastlabki mashq she’rlarini 1925 yilda, bilim yurtida o’qib yurgan kezlarida yoza boshladi. «Kimdir» deb nomlangan ilk she’ri esa 1926 yili «Zarafshon» gazetasida bosildi. Ko’p o’tmay u Hamid Olimjon imzosi bilan kattagina «Ko’klam» she’riy to’plamini e’lon qildi (1929). Shundan keyin uning «Tong shabadasi» hikoyalari to’plami (1930), «Olov sochlar», (1931), «Poyga», (1932), «She’rlar», «Daryo kechasi» (1936), «Baxt» (1940)kabi she’riy kitoblari e’lon qilindi. Hamid Olimjon urushgacha bo’lgan davrda iste’dodli shoir sifatida shuhrat qozondi. 1931-yili Hamid Olimjon pedakademiyani tugatib, Toshkentga ko’chib keldi. «Yosh leninchi» gazetasida, «Qurilish» va «O’zbekiston sho’ro adabiyoti» jurnallarida mas’ul kotib lavozimida xizmat qildi. 1932-1937-yillarda, «millatchi» sifatida ishdan haydalguniga qadar Madaniy qurilish ilmiy-texnik tekshirish institutida ishladi. Qatag’on to’lqinlari biroz susaygach, 1938 yilning boshlarida Hamid Olimjon O’quv-pedagogika nashiryotiga ishga olindi. O’sha yilning noyabrida yangi tashkil etilgan Navoyi komitetiga mas’ul kotib bo’lib ishga kirdi. 1937 yil aprelida esa O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining kotibi etib tayinlandi. Ikkinchi jahon urishining boshlanishi bilan Rossiya, Ukraina va Belarusiya kabi dushman bosib olgan yoki bosib olish mumkin bo’lgan respublikalardan ko’plab yozuvchi, adabiyotshunos va tarixchi olimlar insituti va nashryotlar O’zbekistonga ko’chirib keltirildi. Hamid Olimjon shu yillarda o’zining katta tashkilotchilik iste’dodini namoyish etib, bu ijodiy kuchlardan o’zbek adabiyotining rivojlanishi yo’lida, mumtoz va zamonaviy o’zbek yozuvchilari asarlarning rus tiliga tarjima va nashr etilishida samarali foydalandi. Hamid Olimjon ijodi ayni gullab-yashagan bir davda, 1944 yil 3-iyulda avtomabil halokati natijasida vafot etdi. Hamid Olimjonning adabiy merosi,she’riyatdan tashqari, hikoya va ocherklar , «Muqanna» va «Jinoyat» pesalari, adabiy-tanqidiy maqolalar va tarjimalardan iborat bo’lib, ular shoirning 10 jildlik «Mukammal asarlar to’plami» da e’lon qilingan. Hamid Olimjon she’riy ijodi 30-yillarning boshlarida shakllanib, shu davr ruhini o’ziga singdirgan. Uning «Temur qonun», «Nima bizga Amerika?», «Baxtlar vodiysi» singari she’rlari va «Olim yovga» dostonida sinfiy kurash sotsialistik qurilish ishlari avj olgan davr o’z aksini topgan. Lekin 30-yillarning o’rtalariga kelib, Hamid Olimjon ijodida «ko’ngil lirikasi» namunalarining paydo bo’lishi bilan, uning lirik iste’dodi chaman gullari bilan ochila boshladi. Hamid Olimjon shu davrda yaratilgan eng yaxshi she’rlari bilan o’zbek lirikasiga go’zal insoniy tuyg’u kechinmalar, tabiat manzaralari tasvirini olib kirdi, o’zbek she’riyatining badiy imkoniyatlarini boyitib, unga xamidona musiqiy latofat va joziba bag’ishladi. Hamid Olimjon lirikasi o’zbek shoirlarining keyingi avlodlari uchun badiy mahorat maktabi bo’lib hizmat qildi. Hamid Olimjon lirikasining eng mashxur na’munalaridan biri «O’rik gullaganda» she’ridir. Bu she’rning badiy tomonlarini yoritishdan avval uning yaratilish tarixi to’g’risida bir og’iz so’z aytish joyiz, deb oylaymiz. 1937-yilning mart oyida Hamid Olimjon O’zbekiston hukumat delegattsiyasi tarkibida Qozog’istonga borgan. Qardosh Respublikaning o’sha kezlarda bo’lib o’tgan tantanalarida ishtirok etib, o’sha erda «Qozog’iston» degan mashhur she’rini yozgan va o’qib bergan. Keksa qozoq oqini bilan uchrashib, uning baxt va saodat sohilidan chetda kechgan hayoti bilan tanishgan. Hamid Olimjon qardosh do’stlar diyorida bo’lgan kunlarda Olma-ota qalin qor gilami ostida, chirsillama qish havosi bilan nafas olayotgan edi. Shuning uchun ham mart oyining so’ngi kunlarida Toshkentga kaytgan shoir o’z hovlisidagi bir tup o’rikning chaman bo’lib ochilib turganini ko’rib, ilhom og’ushiga g’arq bo’ladi:
Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo’lib gulladi.
She’rning bu dastlabki satrlarida shoir o’ziga qattiq hayajon bag’ishlagan, hatto eng mashhur she’rining maydonga kelishiga sababchi bo’lgan voqeani shunday tasvirlaydi. Bu tasvirda shoirni qurshagan his-hayajondan bironta belgi ham yo’q. Bayt, huddi gazeta xabaridek, quruq faktning qaydidan iborat. Lekin Hamid Olimjon she’rning keyingi bandlarida o’rikning gullab turgan manzarasini chizar ekan, shoiraona latif obrazlar va ifodalardan foydalanadi. Natiyjada she’rga sekin-asta bahor nafasi kirib kela boshlaydi.
Navdolarni bezab g’unchalar
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg’ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini….
Hamid Olimjon lirikasining durdonalaridan yana biri «Ofeliyaning o’limi»dir. She’r hozirgi O’zbek Milliy teatri sahnasida «Hamlet» spektaklining qo’yilishi munosabati bilan 1936-yilda yozilgan. O’zbek sahnasining go’zal yulduzlaridan biri Shohida Maxzumova mazkur spektaklda Ofeliya obrazini shunday qoyilmaqom qilib yaratgan ediki, Hamid Olimjon, shoira Zulfiyaning aytishicha, uning ijrosidan uzoq vaqtgacha qattiq hayajonda yurgan. Ammo she’rni o’qir ekanmiz, unda ijrochini emas, Ofeliyaning o’zini butun go’zalligi, dartlari, armonlari va fojiasi bilan ko’rgandek bo’lamiz. She’r tort qisimdan iborat. Birinchi qismda shoyir es-xushidan ayrilib, bir dasta oppoq gulni quchib yurgan Ofeliyaga qarab: «Orzuing bor kuylashga ,lekin qalbingdan Tarqalar bir mayus va g’amgin sazo …», degan so’zlar bilan murojaat etadi. Bor yo’g’i to’rt satrdan iborat bu birinchi qismdan keyin shoir Ofeliyaning baxtsiz kismatiga sherik bo’lgan, uning g’am va alamdan bichilgan libosiga kirib olgan kishidek falakdan zorlanadi, unga hush va chiroy berish bilan birga hayotini azob va uqibat bilan zaharlagan zamondan shikoyat qiladi, shu zamonga, tabiatga g’azab o’tlarini sochadi:
Javob berib qo’rchi, nomard tabiat,
Bunchalik go’zalni nechun yaratding?!
O’zing gunohkorsan, osisan behad,
Nechun yaratding-u o’tlarga otding?
Hali sevishmoqda shumidir ma’no?
Faqat azob bordir qismatda, nahot?
Naxotki, sevgiga shudir tamanno?
Nahot go’zal uchun faqat, faqat dod!…
Odatda «Muqanna», «Jololiddin Manguberdi» singari tragediyalarning ijodiy tarixi to’g’risida so’z borganda, ularning ikkinchi jahon urishi yillarida jang maydonlarida kurashayotgan va mehnat jabxalarida faoliyat olib borayotgan halqni jasorat va qahramonlikka chorlash maqsadida, davrning ijtimoyi buyurtmasi sifatida yozilgani aytiladi. Ammo Hamid Olimjon ijodining tadqiqotchilari bergan ma’lumotga ko’ra, shoir Muqanna qo’zg’aloniga bag’ishlangan sahna asarini yozishga 1937-yildayoq kirishgan va hatto o’sha yili asarning birinchi pardasini yozib tugatgan. To’g’ri, 1937-yilda shoir ustida ham qatag’on bulutlarining to’planishi bilan u asar ustidagi ishni to’xtatib qo’ygan va 1942-yilning boshlarida asarga qayta kirishib, o’sha yilning 12- fevralida birinchi pardaning yangi nushasini yozib tugatgan. 1942-yil 31-mayda esa asar ustidagi ish uzil-kesil yakunlangan.
Tayyorlagan ABX mutaxassisi: D.Utemuratova
2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы