Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“O’zimiz keldik” loyihasi amalga oshirildi.

“O’zimiz keldik” loyihasi doirasida aholiga xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yildi.

Bugungi kunda, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida kutubxona tomonidan turli hil tanlovlar, loyixalar o’tkazilib kelinmoqda.

Shunday loyixalarning biri, kutubxona xodimlari tomonidan “O’zimiz keldik” loyixasi amalga oshirishni lozim topdik va ushbu loyihani joriy yilning 6-sentyabr  kuni tumanimizdagi “Shamshiraq” mahallasidagi “S.Avezov” ko’chasida yashovchi xanodonlarda amalga oshirildi.

Bundan maqsad, uyma-uy yurib kitob berishni tashkil etish, aholini kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob o’quvchilar sonini oshirish, kitob o’qishga moyilligi bor lekin, imkoniyati cheklangan kitobxonlarni aniqlashdan iborat.

Shuningdek S.Avezov ko’chasidagi ko’plab kitobxonlarga formulyarlar ochilib kutubxona a’zolari ro’yhatiga kiritildi. Shulardan S.Avezov 56 uyida yashovchi Reymbaeva Nigora qiziqqan kitoblarni olishga muvaffaq bo’ldi. Shuning bilan birga mahallada yashovchi bolalarga ham yo’l-yo’lakay kitoblar ko’rsatilib, kutubxona haqida ma’lumot berilib, kutubxonaga tashrif buyurishlari aytib o’tildi.