Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Kitobsiz bilim yo’q – bilimsiz ilim yo’q” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 11-sentyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot–kutubxona markazida Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.Tureniyazova tomonidan eng faol kitobxonlar ishtirokida “Kitobsiz bilim yo’q – bilimsiz ilim  yo’q”  mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Bunda, A.Tureniyazova yosh kitobxonlarga aynan kitob insonning eng yaqin do’sti va maslahatchisi ekanligi, kitobsiz bilim olib bo’lmasligini,  kitob  aql qayrog’i va bilim manbai ekanligi, kitob ularning fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo’lgani uchun ham xalqimiz uni mo’’tabar hisoblashi, shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, insonning o’qishga bo’lgan ishtiyoqi yoshlik paytidan boshlansa nur ustiga a’lo nur bo’lishi, har bir inson hayoti davomida do’stlarga ehtiyoj sezishi, kim bilandir suhbatlashishi, fikr almashishi, ularning so’zlaridan ko’p ma’nolar olishi bilan hayotimizga mazmun berishi, Amir Temur ta’biri  bilan aytganda: “Barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishmandlikning asosi ekanligi, hayotni o’rgatuvchi murabbiy, sadoqadli, ishonchli hamrohi – kitob, ekanligi aytib o’tildi.

Shuning bilan birga, kitobxonlar ham o’qigan kitoblari haqida o’z fikrlarini aytib o’tdi.  Davra suhbati mazmunli o’tdi.