Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Millat muallimi” (Atoqli ma’rifatparvar murabbiy, adib Munavvar Qori Abdurashidxonov 145 yilligi).

Joriy yilning 19-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonemen va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xodimi N.Mamutova va M.Xojantaeva tomonidan tumanning “Keneges” OFY xududidagi 18-sonli umumta’lim maktabida “Millat muallimi”atoqli ma’rifatparvar murabbiy, adib Munavvar Qori Abdurashidxonov 145 yilligi bag’ishlangan uchrashuv tashkillashtirildi. Unga maktab o’quvchilari ishtirok ishtirok etdi.

M.Xojantaeva ishtirokchilarga  adib Munavvar Qori Abdurashidxonov bu yil tug’ilganida 145 yil to’lganligi, Munavvarqori, Abdurashidxonov Munavvar qori  – Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining  yoʻlboshchisi, XX asr oʻzbek milliy matbuoti va yangi usuldagi  milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir ekanligi, Toshkent shahrining Shayxontohur dahasidagi Darxon mahallasida ziyoli oilada tugʻilganligi, otasi Abdurashidxon Sotiboldixon oʻgʻli , onasi Xosiyat otin Xonxoʻja Shorahimxoʻja qizi  boʻlganligi, u oilada uchinchi oʻgʻil boʻlganligi,  Munavarqori ilk saboqni ota-onasidan, mahalla maktabidan olib savodini chiqarganligi, shuningdek, katta akalari Aʼzamxon va Muslimxon ham unga muallimlik qilishganligi aytib o’tildi.

N.Mamutova,  adib Munavvar Qori Abdurashidxonov, otasidan yosh yetim qolgani tufayli dastlabki taʼlim-tarbiyani onasidan olganligi, soʻng oʻz davrining mashhur  oʻqituvchisi  Usmon domladan ilmi  qiroat  va tajvidni  oʻrganib, Toshkentdagi  Yunusxon madrasasida  oʻqiganligi,  1885—1890-yillarda Buxorodagi  Mir Arab madrasasida tahsil olganligi,  ammo tahsilni oxiriga yetkazmay, Toshkentga qaytib, imomlik va muallimlik bilan shugʻullanganligi,  Eshonquli dodxoh madrasasida tahsilni davom ettirganligi aytib o’tildi. Shuning bilan birga, maktab ochganligi, maktablar uchun maxsus dasturlari ishlab chiqganligi va darsliklar yozganligi tug’risida aytib o’tdi. Uning ixcham hikoyalari bugungi kunda kitobxonlarning qalbidan joy alganligi to’g’risida aytib o’tdi.