Joriy yilning 18-sentabr kuni Axborot kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati rahbari A.Toꞌreniyazova tomonidan 9-sonli maktab oꞌquvchilariga kutubxonaga sayohat tashkillashtirildi. Sayohat davomida maktab oꞌquvchilariga kutubxonamiz boꞌlimlari va kutubxonamiz fondi haqida maꞌlumotlar berib oꞌtildi. A.Toꞌreniyazova tomonidan kitob va uning foydali tarflari haqida aytib oꞌtildi. Kitob — insonning eng yaqin do’sti va maslahatchisi ekanligi , aql qayrog’i va bilim manbai ekanligini, kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo’lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo»tabar va muqaddas deb hisoblagan deya aytib oꞌtdi . Shuning uchun kitobga bo’lgan muhabbat, uni qadrlash, o’qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketganligini, insonning madaniyati uning kitobida aks etadi deb aytib oꞌtdi. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanganligini, yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayishini, hayotga munosabati oʻzgaradi deya taꞌkidlab oꞌtdi.Maktab oꞌquvchilari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.



2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы