Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Qoraqalpoq yozuvchisi Gulnara Ibragimovaning “Labirint” kitobi bo’yicha kitob taqdimoti bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 21-sentyabr kuni, Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab taꞌlimi boꞌlimiga qarashli 3-sonli maktabda Axoborot-kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan qoraqalpoq yozuvchisi Gulnara Ibragimovaning “Labirint” kitobi bo’yicha kitob taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimotga maktabning 9-11sinf oꞌquvchilari va maktab kutubxonachilari A.Aymaxanova va G.Utemuratovalar qatnashdi.
B.Yusupova tomonidan G.Ibragimovaning “Labirint” kitobi, uning mazmuni haqida maꞌlumotlar berilib, kitobda har-hil hikoyalar o’rin olgan bo’lib, o’quvchilarni kitobga qiziqtirish maqsadida kitobdagi hikoyalardan biri “Kempir apa” hikoyasi aytib berildi, yaniy, hikoyada bir yoshi katta Qalbiyka ismli buvijon boꞌlib u katta oꞌgꞌlini Moskvaga oꞌqishga joꞌnatishini va u oꞌsha oꞌqish davrida o’zining kursdoshiga uylanganligi, baxtli yashaganligi va vaqt oꞌtib bolali boꞌlib uni buvijonining qoꞌliga berganligi va oradan vaqtlar oꞌtib turmush tashvishlari boshlanib ularni shu buvijoni orqali engib oꞌtganlari va baxtli hayot kechirganlari haqida yozilganligi soꞌzlab berildi.
Undan so’ng, hikoya haqida oꞌquvchilar bilan birgalikda suhbatlashildi. Oꞌquvchilar hikoya haqida oꞌz fikrlarini bildirib, hikoya juda tasirli ekanligi va kitobdagi boshqa hikoyalarni ham o’qib ko’rishlarini aytib oꞌtishdi.