Joriy yilning 27-sentabr kuni Axborot kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati rahbari A.Toꞌreniyazova tomonidan Maktabgacha, maktab taꞌlimi boꞌlimiga qarashli 4-sonli maktab kutubxonachisi A.Hasanova va maktab oꞌquvchilari bilan birgalikda Allanazar Abdievning 60-yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkillashtirildi. A.Abdiev 1963-yili 26-sentabr kuni Taxtakoꞌpir tumani “Shaljuwit” qishlogꞌida tugꞌilganligini,maktabni aꞌlo baholarga tamomlab,1985-yili Nukus davlat universitetining filologiya fakultetiga oꞌqishga kirganligini,1990-yili shu universitetni aꞌlo baholarga tamomlab Qoraqalogꞌiston Respublikasi teleradio boꞌyicha davlat komitetida redaktor,Nukus davlat universiteti stajer-oꞌqituvchi, assistant-oꞌqituvchi, dekanning birinchi oꞌrinbosari, “Erkin Qaraqalpaqstan” gazetasida adabiy xodimi, Qorqalpogꞌiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida yetakchi mutaxasiss, “A”miwdaꞌrya” jurnalida bosh redaktor, NDPIda ogꞌa oꞌqituvchi ,2004-yilning 1-aprelidan boshlab “Qaraqalpaqstan sporti” gazetasida bosh redaktor boꞌlib xizmat etib kelmoqdaligini aytib oꞌtdi.A.Abdiev ijodidagi birinchi farqi u oꞌzining milliy folklorini teran oꞌzlashtirib, oꞌzida badiiy soꞌzligini toꞌpladi va boyitib bordi,bu yozuvchining asarlari uslublari oꞌzgachaliklari,tugatish usulublari,asarda qahramon obrazini yaratishi, syujet va kompoziciya qurish topqirliklari bilan boshqa yozuvchilardan ajralib turadi deya aytib oꞌtdi.A.Toꞌreniyazova yana o’z soꞌzida A.Abdievning “Bizler baxitli bolamiz”, “Qizil qoshantay”, “Maqtanshaq qoraz”, “Jin-jipirlar uyasi”, “Taxtakoꞌpir taꞌriypi” nomli asarlari bilan xalq orasida mashhur yozuvchi ekanligini taꞌkidlab oꞌtdi.Davra suhbati juda qiziqarli va mazmunli boꞌlib oꞌtdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы