2-oktyabr 2023 yil Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida Respublika bo’ylab o’tkazilayotgan «Xon atlas» festivali munosabati bilan «Milliy liboslarimiz-milliy qadriyatlarimiz» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarda atlas va adrasning tarixi va turlari haqida malumot berildi. Hozirgi kunda “Marg’ilon”, “Navro‘z”,“Rasadxona”, “Bibixonim”, “Qirolicha”, “Panja”, “Kelinchak”, “Qora atlas”, “Bargi karam”, “Chaqirim”, “Yahudiy nusxa”, “Namozshomgul”, “Shaxmat” kabi turlari bilan mashxur ekanligi takidlab o`tildi. Atlas va adrasdan milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan holda ko‘plab liboslar yaratilmoqda. Siz bu kabi liboslarning turfa xillarini bugungi kunda uchratishingiz mumkin.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы