“Yo’l xaritasiga” muvofiq har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni deb belgilangan. Ushbu munosabat bilan joriy yilning 17-oktyabir kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida “Ibratli ona” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Davra suhbatiga kutubxonamizning doimiy kitobxonlaridan biri Eshniyazova Tursingul opa tashrif buyurdi.
Tashrif chog’ida Eshniyazova Tursingul kitobxonlarga kitob – inson umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur ekanligi, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbailigi, har qanday vaziyatda ham hamroh bo’lguvchi sodiq do’st ekanligi haqidagi ajoyib fikirlarini bildirib uzi o’kigan asarlaridan aytib berdi. Suhbat so’ngida mehmonimizga kitobxonlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, suhbat yanada qiziqarli yakunlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы