O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida» 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining amalga oshirish bo‘yicha joriy yilning 17-oktabr kuni, Taxiatosh tumani Maktabgacha, maktab ta’limi bo’limiga qarashli 6-sonli maktabda Axborot kutubxona markazi xodimi B.Yusupova va Taxiatosh tumani IIB boshlig’i o’rinbosari podpolkovnik F.Amanov, YHH bo’lim boshlig’i leytenat A.Yusupov, 6-sonli maktab o’quvchilari va o’qituvchilari bilan birgalikda , « Inson huquqlari – oliy qadriyat» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suxbat davomida Taxiatosh tumani IIB boshlig’i o’rinbosari podpolkovnik F.Amanov, tomonidan inson huquqlariga oid kodekslar va tushunchalar berilib, yoshlarning jinoyat yo’liga kirmasligi, huquqbuzarliklarni qilmasliklari ayni paytda ilim olib, farzandlarining ilmli va bilimli bo’lishlari uchun mahalla va ota-onaning ham o’rni katta ekanliklari, farzandlarining bo’sh paytlarin e’tiborsiz qoldirmasliklari, yoshligidan bir kasbga yo’naltirish kerakligi natijasida bola etuk maqsadlari sari qo’rqmasdan qadam tashlashi, sizlarning harakatingizga qo’llab-quvvatlashingizga bog’liq deb o’z fikrlarini bildirib o’tdi.Keyingi so’z navbati YHH bo’lim boshlig’i leytenat A.Yusupovga berilib u,o’z so’zida hozirgi kunda yo’l harakati havfsizligiga bog’liq qonunbuzarliklar, yollarda ehtiyot bo’lib yurish qoidalariga amal qilinishi haqida ta’kidlab o’tdi.
Suhbat so’ngida, maktab o’quvchilari va o’qituvchilari o’zlarini qiziqtirgan savollariga podpolkovnik F.Amanov va leytenat A.Yusupov tomonidan javoblar olishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы