Bugun, 23-oktyabr kuni, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi va Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi bilan hamkorlikda “INFOLIB O’zbekiston – 2023” XII Мilliy аxborot kutubxona haftaligining ochilish ma’rosimi bo’lib o’tdi.

“INFOLIB O’zbekiston – 2023” XII Мilliy аxborot kutubxona haftaligining o’tkazishdan asosiy maqsad respublikada axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantirish, aholini axborot manbasi, olish shakllari va usullaridan xabardor qilish, foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatlarini ko’rsatish, kitobxonlikni targ’ib qilish, kitobxonlik ko’lamini kengaytirishdan, aholining bilim darajasini oshirishga qaratilgan tadbirlar orqali aholining kutubxonalarga qiziqishini oshirishdan iborat.
Bugungi tadbirga, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi raxbari B.Palwaniyazov, Yozuvchilar uyishmasi a’zosi yozuvchi Joldasbay Nurillaev, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limining darsliklari bo’yicha metodist Bibiruza Kemalova, ko’b yillar davomida kutubxona sahosida ishlagan nuroniy Seytniyazova Feruza, nuroniy ustoz Gulash Zarimova, 1-sonli maktab musiqa fani o’qituvchisi Gulzar Jalimbetova tuman harbiy qism askarlari, va barcha maktab kutubxonachilari, kitobxon yoshlar faol ishtirok etdi.

Ochilish ma’rosimini, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining axborot bibliografiya xizmati rahbari J.Kadirbaeva so’zga chiqib, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasining barcha axborot-kutubxona markazlarida “INFOLIB O’zbekiston – 2023” XII Мilliy аxborot kutubxona haftaligi o’tkazilayotganligi, 23-oktyabr sanasidan 27-oktyabr kunlari o’tkazilishi, haftalik davomida tanlovlar, seminarlar, zakovat intellektual o’yinlar va boshqa da qiziqarli bo’lgan tadbirlar o’tkazilishi aytib o’tildi.
Shuning bilan birga, B.Palwaniyazov, B.Kemalova, G.Zarimova, F.Seytniyazova, G.Jalimbetovalar bugungi haftalikning na qadar muhum ekanligini, bu borada kitobxon yoshlarning kitobga bo’lgan qiziqishlarining ortishi, har bir yoshning kitob o’qishida ma’naviyatli, ma’rifatli bo’lib komil inson bo’lib tarbiyalanishida kutubxona sahosida ish foliyatin olib barayotgan xodimlarning qissalari muxum ahamiyat kasb e’tishi takidlab o’tildi. Bunnan tashqari, J.Nurillaev so’zga chiqib, u o’zining muallifligida 2023-yil nashrdan chiqarilgan “Ámiw boyı shamshıraǵı” kitobi bo’yicha tanishtirib, kitobda yozilgan manbalardan ishtirokchilarga tanishtirib o’tdi . G. Jalimbetova da o’z navbatida o’zining birinchi kitobi “Atqan tań” kitobi bo’yicha tanishtirib, yozgan she’rlardan o’qib berdi.

Tadbir so’ngida, J. Kadirbaeva bugungi mehmonlarga kelgan tashrifi uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.
2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы