Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“INFOLIB O’zbekiston – 2023” XII Мilliy аxborot kutubxona haftaligi davomida “Kasbiy mahorat” mavzusida seminar tashkillashtirildi.

Joriy yilning 24-oktabr kuni maktabgacha va maktab taꞌlimi boꞌlimiga qarashli 4-sonli maktabda, Axborot –kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova  tomonidan  “INFOLIB O’zbekiston – 2023” XII Мilliy аxborot kutubxona haftaligi davomida “Kasbiy mahorat” mavzusida seminar tashkillashtirildi. Seminarda, Taxiatosh tuman maktabgacha va maktab taꞌlimi darsliklar boꞌyicha metodist B.Kemalova, Respublika bolalar kutubxonasi mutaxassisi G.Jalalovalar  va tuman maktab kutubxonachilari qatnashdi.   Seminar davomida, B.Yusupova  tomonidan  kasbiy mahorat boꞌyicha,  kutubxonada  ishlanadigan kutubxonachining asosiy vazifalari boꞌyicha va  bolalarni kitobga qiziqtirish, kutubxonaga tortish metodlari  boꞌyicha  maꞌlumotlar berib oꞌtdi. Seminarda Respublika bolalar kutubxonasidan kelgan mutaxassis G.Jalalova kutubxonada olib boriladigan normativ  hujjatlar haqida  maꞌlumotlar berib oꞌtdi. Seminar  davomida  kutubxonachilar tomonidan 5-sonli maktab  kutubxonachisi A.Janabaeva, 7-sonli maktab kutubxonachisi K.Soyegbaeva, 6-sonli maktab kutubxonachisi  J.Duysenbaeva  oꞌzlarini qiziqtirgan savollarga   mutaxassislar  tomonidan javoblar olishdi. Seminarda  kutubxonachilar  va mutaxassislar bir birlari bilan fikr almashishdi.