O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston -2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o’z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 2023 yil 11-sentyabrdagi PQ-300-son qarori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2023 iyl 14-sentyabrdagi 171-son buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17-oktyabr kuni Axborot-kutubxona markazining Abonament va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan “Ertaklar gulshoni”, “Ertaklar- yaxshilikka etaklar” yo’nalishi bo’yicha Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 9-sonli Maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyirib ikkinchi maktabga tayyorlov guruhi tarbiyachisi Z.Nurimbetova bilan «Ertaklar yaxshilikka etaklar» yo’nalishi bo’yicha tayyorgarlik ko’rilib, bunda tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda «Tulki va xo’roz» deb nomlangan «Fors» xalq ertagining sahnalik ko’rinishi tashkillashtirildi. Bunda tarbiyalanuvchi bog’cha bolalari «Tulki va xo’roz» ertak qaxromonlari tulki va xo’roz obrazini ko’rsatib berishdi. Xo’roz qaxromonini Karimbaev Sarvar, Tulki qaxromonini Qidirbaeva Nursulular qiziqarli tarizda mahorat bilan ijro qilishdi. Bu ertak orqali bolajonlarimizning jajji qalblariga biroz bulsada yaxshilik urug’ini qadasak o’zimizni baxtiyor xis qilgan bular edik.
Bundan tashqari, o’zbek xalq ertaklaridan “Urmon ertaklari”dan tipratikon, yulbars va ayiq ko’rinishida ertak qaxromonlari obrazin ko’rsatib berishdi. Sahna ko’rinishimiz davomida ertak qaxromonlarining salbiy va ijobiy qaxromonlari xaqida suxbatlashildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы