Joriy yilning 9-noyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan «Biz bir boʻlsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!» shiori ostida oʻtkazilayotgan «Ma’naviyat marafoni» loyihasi asosida kitob koʻrgazmasi tashkillashtirildi. Mazkur gʻoyani ilgari surishdan maqsad ma’naviyatni aholi oꞌrtasida keng targʻib qilish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali yoshlarga yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, erishilayotgan yutuqlar haqida keng maʻlumot berish, ularda Vatanga boʻlgan muhabbat, xalqimizga sadoqat hissini yanada kuchaytirishdan iborat. Ma’naviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʻdod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Maʻnaviyatli jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Maʼnaviyat odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Maʼnaviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Maʼnaviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы