Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Biz bir boʻlsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!» shiori ostida oʻtkazilayotgan «Ma’naviyat marafoni» loyihasining yakunlash marosimi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 10-noyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Biz bir boʻlsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!» shiori ostida oʻtkazilayotgan «Ma’naviyat marafoni» loyihasining yakunlash marosimi  bo’lib o’tdi.  Ushbu marafonga start berilgan kunidan boshlab, kitobxonlar, tuman yoshlar etakchilari 3-sonli maktab o’quvchilari va «Barkamol avlod» bolalar maktabi o’quvchilari faol ishtirok etishdi. Axborot-kutubxona markazi diretori N.Sultanova tomonidan marafon maboynida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tashkillashtilishi natijasida yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularning iste’dodlarini rag’batlantirish, sog’lom jamiyatni etishtirish maqsadida olib borilayotgan islohatlar haqida o’zining fikrlarini bildirib o’tdi va marafonga faol ishtirok etganlarga Axborot-kutubxona markazi tomonidan minnatdorchilik bildirdi.

Undan so’ng, Axborot-kutubxona markazining mutaxassislari tomonidan kutubxona fondidagi adabiyotlardan ma’lumotlar berildi. Undan so’ng, ishtirokchilarga savol-javoblar berilib, sevib o’qigan adabiyotlari bo’yicha suxbatlashildi.