O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida» 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining amalga oshirish bo‘yicha joriy yilning 15-noyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida Taxiatosh tumani IIB profilaktik og’a inspektori A.Sag’idullaev, Axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat kursatish xizmati rahbari A.Tureniyazova va faol kitobxonlar ishtirokida «Inson huquqlari – oliy qadriyat» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suxbat davomida Taxiatosh tumani IIB profilaktik og’a inspektori A.Sag’idullaev tomonidan, inson huquqlariga oid kodekslar va tushunchalar berilib, yoshlarning jinoyat yo’liga kirmasligi, huquqbuzarliklarni qilmasliklari ayni paytda ilim olib, farzandlarining ilmli va bilimli bo’lishlari uchun mahalla va ota-onaning ham o’rni katta ekanliklari, farzandlarining bo’sh paytlarin e’tiborsiz qoldirmasliklari, yoshligidan bir kasbga yo’naltirish kerakligi natijasida bola etuk maqsadlari sari qo’rqmasdan qadam tashlashi, sizlarning bog’liq deb o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
Suhbat so’ngida, faol kitobxonlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы