Joriy yilning 15-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan Maktabgacha va maktab taꞌlimi boꞌlimiga qarashli 1-sonli maktabda 18-noyabr Oꞌzbekiston Respublikasi bayrogꞌining qabul qilinganligigining 32-yilligi munosabati bilan “Bayrogꞌim-mening faxrim” shiori ostida rasm chizish tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda 1-sonli maktab 3-sinf oꞌquvchilari ishtirok etishdi. Haꞌyat aꞌzolari sifatida Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi M.Xojantaeva, 1-sonli maktab kutubxonachilari Y.Abdisadikova va R.Qutlimuratova tanlovni baholab borishdi. Ishtirokchilar tanlov shartlari, davlatimiz ramzi hisoblangan bayroq rasmini chizish va uning maꞌnosini ifodalab berish kerak edi. B.Yusupova tomonidan davlatimiz ramzi hisoblangan davlat bayrogꞌi haqida maꞌlumotlar berib oꞌtdi, unga koꞌra Oꞌzbekiston Respublikasi davlat bayrogꞌi 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng 1991-yilning 18-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinganligi aytib o‘tildi. Tanlov yakunida ha’yat aꞌzolari tomonidan adolatli baholanib, D.Xamidjanova “Eng zukko rassom” nominaciyasini, SH.Abdurahmanov “Eng ajoyib rassom” nominaciyasini, SH.Ismailova “Eng chiroyli rasm” nominaciyasini va F.Egamberganov “Eng rangbarang rasm” nominaciyasini egallab diplom bilan taqdirlandi. Tanlov qiziqarli boꞌlib oꞌtdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы