Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Qushchilik” MFYda   kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni, Taxiatosh tumani «Qushchilik» mahalla fuqoralar yig’inida tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan   kutubxonamiz kitoblarini targ’ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish uchun    kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan   kutubxona haqida ma’lumot berilib, kutubxonaning manzillari va kutubxonaga a’zo bo’lish tartibi haqidadagi ma’lumotlar aytib o’tildi.

D.Utemuratova  tomonidan kitoblar haqida, kitob o’qish orqali inson ongida kuchli o’zgarishlar yaniy, o’qigan kitobingizning qahramoni bilan birga yig’lasa yig’lab, qiynalgan paytida unga achinishingiz, baxitli bo’lsa hursand bo’lishingiz, bunday xis-tuyg’ular kitob o’qigan insonda o’z-o’zidan paydo bo’lishi, kitobning shunday kuchli qudrati borki ular bilan tarixga, boshka davlatlarga sayoxat qilishingiz mumkunligi, siz bilmagan ixtirolar haqida qiziqarli ma’lmuotlarga ega bo’lishingiz mumkunligi haqidagi fikrlar aytib o’tildi.

Kitob korgazmasiga  yig’ilgan mahalla faollari o’zlarining kitob o’qishga qiziqishlarini bildirib, kutubxonaga a’zo bo’lishlari va kitoblardan o’qib foydalanishlarini aytib o’tdi, shuning bilan birga kitoblar ko’rgazmasidagi kitoblar bilan tanishib chiqdi.