Joriy yilning 16-noyabr kuni, Alisher Navoiy nomidagi Oꞌzbekiston Milliy kutubxonasining 2023-yil 18-sentabrdagi 54-sonli buyrugꞌiga asosan Axborot-kutubxona markazida Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati rahbari A.Toꞌreniyazova tomonida “Adib va shoirlar ijodida taqdimot” mavzusida shoir va yozuvchilarning ijodidan yangi chiqqan nashrdagi adabiyotlarning taqdimoti tashkillashtirildi. Kitob taqdimotida Maktabgacha va maktab taꞌlimi boꞌlimiga qarashli 3-sonli maktab kutubxonachisi A.Aymaxanova va maktab oꞌquvchilari qatnashishdi.
A.Toꞌreniyazova yangi nashrdan chiqqan adabiyotlar, jumladan, Respublika Yoshlar ishlari agentligi homiyligida chop ettirilgan «Jadidlar» toꞌplami, “Turkiy adabiyot durdonalari” deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkumi, ushbu turkumga Oʻzbekiston, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Vengriya davlatlaridan jami 450 dan ziyod mumtoz va zamonaviy shoir, adib va mutafakkirlarning asarlari va endi nashrdan chiqqan yangi adabiyotlar bilan tanishtirib oꞌtdi.
A.Toꞌreniyazova oꞌz soꞌzida yurtdoshlarimizning ma’naviyatini yuksaltirish, qalblarida ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga hurmat, yuksak insoniy fazilatlarni ulug‘lash tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiluvchi yangi kitoblarning badiiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyati xususida aytib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы