Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Yangi kelgan adabiyotlar bo‘yicha kitob taqdimoti tashkillashtirildi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova tamonidan yangi nashrdagi adabiyotlarning taqdimoti tashkillashtirildi. Kitob taqdimotiga «Taxiatosh» MFY rahbari Aitbaev Farhod va «Taxiatosh» MFY ga qarashli 14-15-sonli Maktabkacha talim muassasasi tarbiyachilari va 15-sonli Maktabkacha talim muassasasi metodisti L. Erekeieva katta guruh tarbiyachisi D.Matyakupova ishtirok etdi.

N.Mamutova tomonidan  yangi adabiyotlar, jumladan, bolalar adabiyotidan «Tarbiya kitobi», Djon Ronaldning «Tuda i Obratno» va badiy adabiyotlardan, «Bezangan kelinchak», «Bolalik hotiralarim», «Oltin zanglamas» adabiyotlari bilan  tanishtirib oꞌtdi. Undan so‘ng, 15-sonli Maktabkacha ta’lim muasassining katta guruh tarbiyalanuvchilariga «O‘g’ri bo‘ri» ertak kitobidan o‘qib berildi va undagi ertak qahramonlari haqida suhbatlashdi va oꞌz soꞌzida yurtdoshlarimizning ma’naviyatini yuksaltirish, qalblarida ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga hurmat, yuksak insoniy fazilatlarni ulug‘lash tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiluvchi yangi kitoblarning badiiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyati xususida aytib o‘tdi.