Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumanining 70 yilligi munosabati bilan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning 2-dekabr kuni, Taxiatosh tumanining 70 yilligi munosabati bilan Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi bilan birgalikta o‘quvchi yoshlar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkillashtirildi. Bundan maqsad, kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni vatanga muhabbat ruxida tarbiyalash, ularni bilimga, ilimga, kitobxonlikga qiziqtirish, shuning bilan birga, yoshlarni har tamonlama qullab-quvvatlash maqsadida tashkillashtirildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi, tuman Axborot-kutubxona markazi va tuman harbiy qism hodimlari tomonidan bayram tabriklari va yoshlarga omad tilab, o‘z fikrlari bildirib o‘tildi. «Zakovat» intellektual o‘yinida tumanimizdagi Pedagogika kolleji o‘quvchilari “Qurılısshılar qalası”, kasb-hunar maktabi o‘quvchilari “Sportshılar qalası”, tumanimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari “Nur qalası” guruhlari bo‘lib ishtirok etdi. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan «Zakovat» savollari o‘qib eshittirildi. O‘yin yakunida “Nur qalası” 1-o‘rinni, “Qurılısshılar qalası” 2-o‘rinni  va “Sportshılar qalası” 3-o‘rinni egalladi. G’olib guruhlar tuman hokimligi va tashkillashtiruvchilar tomonidan «Maqtov yorlig’i» va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.