Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Kitobxon ona” kuni munosabati bilan davra suhbati tashkillashtirildi.

“Yo’l xaritasiga” muvofiq har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni deb belgilangan. Ushbu munosabat bilan joriy yilning 15-dekabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbatga kutubxonamizning doimiy kitobxonlaridan biri, uy bekasi Iztileuova Kamshat va kitobxonlar tashrif buyurdilar.

Tashrif chog’ida Iztileuova Kamshat kitobxonlarga  – insonning hayotiga mazmun baxsh etuvchi kuch – kitob ekanligi, kitob qorong’ulikda yorug’lik, qiynalganda yaqin do‘stingiz, har qanday vaziyatda ham hamroh ekanligi, kitobni o‘qigan sari uning ichiga beextiyor kirib ketishingiz mumkunligi, har bir inson kitob o‘qishni kanda qilmasligi kerak deb, o‘zining samimiy fikrlarini aytib o‘tdi. Shuning bilan birga, o‘zining o‘qigan kitoblaridan eng qiziqarli va tasirli deb bilgan asarlaridan parchalar aytib berdi va ushbu kitoblarni o’qib ko’rishlari uchun tavsiya etdi.

Suhbat so’ngida, mehmonlarimizga kitobxonlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib,  kitobxonlar ham o’zlari o’qigan sevimli kitoblari haqida aytib, suhbat yanada qiziqarli yakunlandi.