Joriy yilning 18-dekabr kuni, Axborot-kutubxona markazida Abonament va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan kitobxonlarni yanada kitobga qiziqtirish, ularning maꞌnaviyatini yuksaltirish maqsadida qirg’iz yozuvchisi CH.Aytmatovning hayoti va ijodi, shuning bilan birga yozuvchining «Kasandra tan’basi» kitobi haqida bo’yicha davra suhbati tashkillashtirildi. Davra suhbati davomida kutubxonamiz faol kitobxonlari ishtirok etdi.
B.Yusupova o’z so’zida, Chingiz To‘raqulovich Aytmatov XX asr qirg‘iz adabiyotining eng iste’dodli va jahonga tanilgan yirik namoyandalaridan biri ekanligi, u 1928-yil 12-dekabrda Qirg‘izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug‘ilganligini, bobosi Aytmat og‘a ajoyib qo‘buzchi, otasi To‘raqul Aytmatov davlat va jamoat arbobi, onasi Naima opa o‘qimishli, oqila ayol ekanligini, yozuvchining qariyb hamma asarlari oʻzbek tilida nashr etilganligini, Aytmatov oʻzbek adabiyoti, umuman, oʻzbek madaniyati tarixini yuksak baholab, „Qadim-qadim oʻzbek madaniyatining Oʻrta Osiyoga koʻrsatgan taʼsirini koʻhna Vizantiyaning Qadim Rusga koʻrsatgan taʼsiri bilan qiyoslash mumkin“, deb hisoblaydi deya yozuvchi haqida ma’lumotlar berilib o’tildi. Bundan maqsad, yosh kitobxonlarni kitob o’qishga yanada jalb qilish, kitobxonlarda kitob o’qishga bo’lgan qiziqishni orttirish va samarali natija olishdan iborat. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы