O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida» 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining amalga oshirish bo‘yicha joriy yilning 18-dekabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida Taxiatosh tumani IIB profilaktik og’a inspektori A.Sag’idullaev, Axborot-kutubxona markazining mutaxassislari va faol kitobxonlar ishtirokida «Inson va huquq» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suxbat davomida Taxiatosh tumani IIB profilaktik og’a inspektori A.Sag’idullaev tomonidan, inson huquqlariga oid kodekslar va tushunchalar berilib, yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, farzandlarning bo’sh paytlarini e’tiborsiz qoldirmasliklari, kuz-qish mavsumlarida gaz va elektr tarmoqlaridan to‘g’ri foydalanish maqsadida ogohlantirish ishlari olib borilayotganligi haqida aytib o‘tildi.
Suhbat so’ngida, faol kitobxonlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы