Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

14-yanvar «Vatan himoyachilar kuni» munosabati bilan «Milliy armiyamiz-millat g’ururi» mavzusida tadbir tashkillashtirildi.

2024-yil 4-yanvar kuni, Taxiatosh tumani 99651 harbiy qismda «Vatanparvarlik oyligi» doirasida Kitobxonlik tadbirlari tashkillashtirilib,  shuning bilan birga, 14-yanvar «Vatan himoyachilar kuni» munosabati bilan Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Milliy armiyamiz-millat g’ururi» mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi va kutubxona mutaxassisi A.Vaysova tomonidan Atoqli ma’rifatparvar murabbiy, adib Munavvar Qori Abdurashidxonovga bag’ishlangan prezentatsiya ko‘rsatilib, u haqida to‘liq ma’lumotlar berildi. Undan so‘ng,  harbiy qismdagi askarlarning bilim salohiyatini oshirish, ularni kitobga qiziqtirish maqsadida sovol-javoblar o‘yini o‘tkazildi. Kutubxona mutaxassislari D.Utemuratova va M.Xojantaeva tomonidan baxolanib borildi. So‘z so‘ngida, D.Utemuratova harbiy qism askarlarini va hodimlarini bayram munosabati bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi va Axborot-kutubxona markazi nomidan estalik sovg’a taqdim etdi.  Tadbir davomida Harbiy qism hodimi S.Xudayarov askarlarni bayram munosabati bilan tabrikladi va ushbu tadbirlarni tashkillashtirilishga yaqindan yordam berganligi uchun Axborot-kutubxona markaziga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.