Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” munosabati bilan davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 8-yanvar kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi B.Yusupova tomonidan 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash” yili munosabati bilan Taxiatosh pedagogika kollejida davra suhbati tashkillashtirildi. Davra suhbatida Taxiatosh pedagogika kolleji talabalari ishtirok etdi. B.Yusupova o’z so’zida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish kabi muhim vazifamizni hayotga tadbiq etish maqsadida 2024 yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilinganligi, “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” degan  iboraning tagida katta ma’no mujassamligi, avvalo, aholimizning 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etishini, bu degani maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish, xalq ta’limi tizimidagi muammolarni yechish va ta’lim sifatini oshirish choralarini  ko‘rish, bu oliy  ta’lim tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, oliy  ta’limni sifat jihatdan yuqori bosqichga olib chiqish, bu oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimidagi muammolarni bartaraf etish, yoshlarga kasb-hunar o‘rgatish tizimini mukammallashtirish, umuman yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish  kerakligini ta’kidlab o’tdi. Davra suhbati mazmunli yakunlandi.