Joriy yilning, 9-yanvar kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida “Inson huquqlari-oliy qadriyat” mavzusida yil davomida adabiyotlar burchagi tashkillashtirildi. Ko’rgazmani tashkillashtirishda markazimiz adabiyotlaridan foydalanildi. Inson huquqlari – har bir alohida shaxsning qadr-qimmati va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlaydigan qoidalar majmuasidir. Ular huquqiy davlat konstitutsiyaviy huquqining negizini tashkil etib, shaxsning huquqiy maqomi asosini va asosiy huquqlarini mujassamlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori мamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada takomillashtirish, inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichida belgilangan vazifalari samarali va o‘z vaqtida amalga oshirishda mustahkam huquqiy asosdir.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы