Joriy yilning 6-yanvar kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova tomonidan “Jadidlar” kitobi to’plamini targ’ib qilish maqsadida Barkamol avlod o’quvchilari bilan birgalikda davra suhbati va kitob tag’dimoti tashkillashtirildi. A.To’reniyazova o’z so’zda ma’rifatparvar jadid bobolarimizning ibratli hayotini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish uchun “Jadidlar” to‘plami tayyorlanganligini, “Jadidlar” to‘plami o‘zbek jadidchiligining 8 nafar yirik vakili — G‘ulom Zafariy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, asarlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olganligini, mazkur to‘plam orqali yoshlarimiz ma’rifatparvar ota-bobolarimiz haqida, ularning faoliyati, millat ravnaqi, Vatan taraqqiyoti uchun jon kuydirib, faoliyat ko‘rsatgani borasida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishini va shuningdek, mazkur to‘plamni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish ma’rifatparvar jadid bobolarimiz haqida yoshlarning xabardorligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlab o’tdi. Suhbat davomida o’quvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы