Joriy yilning 9-yanvar kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar, urush va mehnat fahriylari uchun «Taxiatosh» sanatorisiga ko’chma kutubxona tashkillashtirildi.
Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan sanatorida dam olayotgan nuroniy otaxonlar va onaxonlar uchun yangi adabiyotlar olib borildi. Shuning bilan birga, dam olayotgan nuroniylarni kitobga qiziqtirish, vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida yangi adabiyotlardan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirilib, N.Mamutova tomonidan, “Oltin silsila”, «Avlodlar davoni», «Humoyun va Akbar» va boshqa kitoblar haqida ma’lumotlar berilib o’tildi va ko’rgazmadagi kitoblarni o’qib ko’rishlari uchun tavsiya etildi. Undan so’ng, nuroniylar ko’rgazmadagi kitoblar bilan tanishib chiqdi. «Taxiatosh» sanatorisi dam oluvshisi Hayatov Rozim ota va Xusanov Po’lat otalar o’qigan kitoblari, o’zlarini qiziqtirgan asarlar va qahramonlari haqida so’zlab berdi va kitoblarga qiziqishlari, ko’rgazmadagi kitoblarni ham o’qib ko’rishlarini aytib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы