O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-sonli Qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Yo‘l xaritasining 36-bandida Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida «Kitobxonlik – oiladan boshlanadi, kitobxon ona – kitobxon bola» g’oyasini keng targ’ib qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va ushbu chora-tadbirlar rejasining ijrosi ta’minlash maqsadida joriy yilning 5-fevral kuni, Taxiatosh tuman Axborot-kutubxona markazida «Kitobxonlik – oiladan boshlanadi» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatda Axborot-kutubxona markazining ko‘p yillik ish tajribasiga ega Z.Bekimbetova tomonidan insonning hayotiga mazmun baxsh etuvchi kuch – kitob ekanligi, kitob qorong’ulikda yorug’lik, qiynalganda yaqin do‘stingiz, har qanday vaziyatda ham hamroh ekanligi, kitobni o‘qigan sari uning ichiga beextiyor kirib ketishingiz mumkunligi, har bir inson kitob o‘qishni kanda qilmasligi kerak deb, o‘zining samimiy fikrlari aytib o‘tildi. Shuning bilan birga, o‘zining o‘qigan kitoblaridan eng qiziqarli va tasirli deb bilgan asarlaridan parchalar aytib berdi va ushbu kitoblarni o’qib ko’rishlari uchun tavsiya etdi.
Suhbat yakunida kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы